⭕️ #TDPU_ilmiy_kadrlari #Anvar_Rasulov
✅ Teleintervyu loyihasi doirasidagi navbatdagi qahramonimiz
Anvar Rasulov. TDPU Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) bo'lgan Anvar Rasulov "Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugini barqaror rivojlantirishning geoekologik indikatorlari" mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. U o'z ishida ekologik muammolar yechimlarini kichik hududlar misolida ishlab chiqish ustida ish olib borgan.
✅ Ilmiy maqolalari mahalliy va xorijiy darajadagi bir qator nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan qahramonimiz, davlatimiz va universitet rahbariyati tomonidan berilgan yordam va imkoniyatlar uchun minnatdorligini bildirdi.
✅ Shuningdek, u Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o'tkazilgan O'zbekistonni 2030-yilgacha barqaror rivojlantirish loyihalari ustida ham hamkorlikda ish olib borgan.
✅ "Vatanimiz kelajagi ilmiy salohiyatli yoshlar qo'lida" - degan fikrni ilgari suruvchi Anvar Rasulov yoshlar, bo'lajak pedagoglarning ilmiy potensialini oshirish yo'lida xizmat qilish eng katta maqsadi ekanligini doimo ta'kidlaydi.
TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari: