📌 SIRTQI TA’LIMDA O‘QIYOTGAN TALABALARNI MAKTABGA ISHGA OLISH MUMKINMI?

➡️ Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222 22.02.2003) 50-bandiga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan.

❗️Diqqat bilan qarasak, ushbu buyruqda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar nazarda tutilmoqda.

▪️Endi esa e’tiboringizni Vazirlar mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomiga qaratamiz. Ushbu nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisida oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

☝️Mazkur qoida sal boshqacharoq talqin qilgan holda aniqroq tushuntirish berish mumkin. Ya’ni umumta’lim muassasalarida pedagogik lavozimda oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishlashi mumkin.

❗️Endi qarang! nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

👀 Bundan ko‘rinib turibdiki, tugallanmagan oliy ma’lumot bilan faqat 4-kurs talablari ishlashi mumkin ekan. Bunda ham kunduzgi ta’lim shakli nazarda tutilgan.

🔹Shuni ham ta’kidlash kerakki, umumiy sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talablar umumta’lim maktablarida faqat o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘ri kelsagina pedagogik lavozimda ishlashi mumkin.

📝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 3183-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tilishi belgilangan. Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra maxsus sirtqi yo‘nalishda o‘qiyotgan talaba umumta’lim maktablarida pedagog sifatida ishlashi mumkin.

✅ Yuqoridagilar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, OTMda tahsil olayotgan (kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shaklida) talaba umumta’lim maktablarida faqat o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘ri kelsagina pedagogik lavozimda ishlashi mumkin.

💵 Ularning mehnatiga haq to‘lash ham yuqoridagi nizomning 7-bandiga binoan o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi asosida amalga oshiriladi.

September 18, 2021
1 comment
Avatar
Ilyos EGAMOV
Ikkinchi oliy taʼlimda oʻqiyotgan boʻlsa nechanchi kursdan ishlasa boʻladi
Do you want to add a new comment?