#operatsion_tizim #word #internet

Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1) 🤫

Aytaylik kompyuteringizdagi ish stolida Word dasturi yorliqchasi turibdi, siz esa ayni damda Google Chrome brauzerida qiziqarli maqolalar ulashib boruvchi sayt bo‘ylab o‘tyabsiz, birdan qiziqarli maqolaga duch kelib qoldingiz deylik va uni qayergadir nusxalab o‘tkazishga qaror qildingiz.

Word dasturi Панель задач (vazifalar paneli)da yo‘q deylik, uni yoki Пуск menyusini ishga tushirib, u yerdan dasturni izlab topish, Windows + R klavishlarini birgalikda bosib, undagi matn kiritish maydoniga winword buyrug‘ini kiritish yoki brauzer oynasini pastga tushirgan holda, ishchi stolidan Word dasturi yorliqchasini ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali ishga tushirishingiz lozim.

❓Xo‘sh, brauzer oynasining o‘zida turaturib, yuqorida sanab o‘tilgan uch usulga murojaat etmasdan, Word dasturini tezkor ishga tushirish mumkinmi? Izohingizni post ostidagi izoh qoldirish tugmasiga bosgan holda qoldirishingiz mumkin.

📍Aniq javobni esa keyingi postimizda keltirib o‘tamiz. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz

August 14, 2020
15 comments
Avatar
#ѕιᴍᴘʟᴇ 
Shukhrat Makhmudov  Демак бошқа канал ҳам бу ҳақида сўз юритган эканда ))
Haa osha postga kirib korin bilasiz qanday qilishni
Avatar
Shukhrat Makhmudov 
#ѕιᴍᴘʟᴇ  Haa osha postga kirib korin bilasiz qanday qilishni
Саволни каналда қолдирган ўзим, жавоби ҳам ўзим билан ;)
Avatar
🇺🇿👩‍🎓 Hayitgul Ibragimova 
Дастурни Свойствасига кириб быстрые доступ га бирор клавишани танлаб куйса булади масалан мен wordga òtish uchun CTRL+ALT+W ni teraman hohlagan joyda wordni ochib beradi
Avatar
#ѕιᴍᴘʟᴇ 
Shukhrat Makhmudov  Саволни каналда қолдирган ўзим, жавоби ҳам ўзим билан ;)
Men siz kanal admini ekanligingizni bilmagandim. Sorry
Avatar
Shukhrat Makhmudov 
🇺🇿👩‍🎓 Hayitgul Ibragimova  Дастурни Свойствасига кириб быстрые доступ га бирор клавишани танлаб куйса булади масалан мен wordga òtish uchun CTRL+ALT+W ni teraman hohlagan joyda wordni ochib beradi
Гап йўқ, билар экансиз, лекин кўпчиликни бундан хабари бўлмаса керак, CTRL билан бирга SHIFT клавиши босилса CTRL + SHIFT + W деб тайинласа ҳам бўлади, шунда охирида келувчи ҳарф ёки сондан икки маротаба фойдаланиш мумкин бўлади.
Do you want to add a new comment?