1995 yilda Yaponiyaning Kobe shahridagi kuchli zilziladan keyin odamlarning hatti-harakati namunali va juda taʼsirli edi. 1992 yilda Los-Anjelesda zilziladan soʻng, tartibsizliklar va talon-tarojlar boshlangan, vaholanki Kobedagi yaponlar esa Los-Anjelesdagidan kuchliroq zilzilada ham matonat ila tura olishdi. U yerda oʻgʻirlik va isyon boʻlmadi. Yaponiya kompaniyalari kiyim-kechak, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun oʻzlarining qutqaruv ishlarini tashkil qildi, koʻngilli tashkilotlar esa hech qanday ragʻbatlarsiz yordamga kelgan edi.
Hattoki yordamga yakudza (yapon mafiyasi) ham aralashdi. Hukumatni qutqarish harakatlari sekin amalga oshirilardi. Avtomobil va temir yoʻllari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi va telefon aloqalari, suv va elektr taʼminoti uzildi. Oilaviy va moddiy yoʻqotishlar dahshatli boʻlishiga qaramasdan hech kim ilojsizlikdan dod-voy solmadi. Zilziladan bir yarim yil oʻtgach, 1996 yil noyabr oyida Kobe shahriga tashrif buyurganimda, hayot normal holatga qaytganidan hayratda qoldim. Ular bu katta ofatni matonat va bardosh bilan yengib oʻtgan va yangi hayot muhitiga koʻnikkan edi. Ularning madaniyati haqiqatdan ham boshqalardan farq qiladi.
Singapur Sobiq bosh vaziri Li Kuan Yuning "Uchinchi dunyodan birinchi dunyo tomon: 1965-2000 yillardagi Singapur hikoyasi" kitobidan, Umirdinov Alisher va Akbar Jalilov tarjimalari.
Batafsil o'qish uchun: https://sof.uz/uz/post/janubiy-sharqiy-osiyo-oqsoqoli-li-kuan-yuning-yaponiya-haqida-aytganlari