Hoy bo'lajak marketologlar!

"O'zimnikidek ko'rish" uslubi haqida eshitganmisiz?

Chamasi 2 yil oldin shu uslubni o'ylab topganimdan buyon professional hayotimda juda ko'p pozitiv o'zgarishlar yuz berdi va shu uslubni qisqa qilib sizga ham o'rgatmoqchiman.

Bu uslub hozirda zamonaviy kasb o'rganayotgan va kelajakda mijoz bilan ishlashga to'g'ri keladigan barcha yigit-qizga to'g'ri keladi.

Tasavvur qiling:

1. Yosh farzandingizga enaga oldingiz va enaga farzandingizga huddi o'z farzandidek qarayapti. Bunday enaga har qanday ota-onaga yoqsa kerak deb o'ylayman.

2. Hech qaysi inson o'ziga uxlashga qattiq matras yoki yostiq ravo ko'rmasa kerak. Yoki qattiq divan. Har doim inson o'ziga yaxshi narsalarni ravo ko'radi

Nimalar deb valdirayapsan Shaha? deyayotgan bo'lishingiz tabiiy

Mijozlaringizni biznesi ham ularga huddi farzanddek gap. Agar mijozingizni "farzandiga" huddi o'zingizni farzandingizdek mehribonlik qilayotganingizni his qilsa, u sizni deyarli butun umrlik mijozingizga aylanadi. Aytaylik, shaxsiy hayotingizda biror muammo bor, uni hal qilmaguningizcha ko'zingizga na uyqu keladi na ishtaxangiz bo'ladi. Endi shunday qayg'urishni mijozingizning muammolariga ham qo'llasangiz, uxlamasdan bo'lsa ham yechim topib berasiz.

Ayniqsa SMM mutaxasislardan juda ko'p bir xil savol keladi: "Falondaka yo'nalishdagi brend ekan shunga qanday kontent plan tuzsam ekan?". Ularga ham huddi yuqoridagidek javob beraman: "Tasavvur qiling shu brend sizniki. Nima qilgan bo'lar edingiz" deb. Shu savolni berishim bilan ular yo bir muddat o'ylanib qolishadi yo gapirishda to'xtata olmay qolaman. (Kontent plan bo'yicha yaqinda yana bir ajoyib blog post chiqaraman havotir olmang)

Qissadan hissa shuki, siz xoh ITishnik bo'ling, xoh SMM, xoh dizayner bo'ling, doim mijozni ishini qilishdan avval "Agar o'zimniki bo'lsa nima qilardim?", "O'zimni biznesim bo'lsa shu ishni ravo ko'rarmidim" kabi savollarni berib ko'ring. Manimcha shunda topayotgan pulingiz halol va mijozingiz uzoq muddatli bo'ladi.

Kuningiz hayrli o'tsin,

Hurmat ila

Shaha Dolimov

July 30, 2021
16 comments
Avatar
RAXIMJON
Guruh ochish kerakmi deb o'ylayman😊
Avatar
Ikhlosbek.uz/Green Paradise Company
Asakadan salomlar!Shaha YouTubesami yo instagramda obunachilariz orasida konkurs o'tkazsangiz!Shu fikrni bir o'ylab kormeszmi?@shahadolimov
Avatar
Amirulloh Azizulloh
Ishilarga omad
Avatar
Amirulloh Azizulloh
Alloh õzi kuch quvvat bersin
Avatar
ɪɴ ʙʀᴀɪɴ☝️
Shaha Dolimov nega ijtimoiy tarmoqlarda korinmisz
Do you want to add a new comment?