​​2020-yil, 2-fevral – oʻziga xos kun. Bunday kun oxirgi marta 909 yil avval sodir boʻlgan

Qanaqasiga?

Palindrom kun degan tushuncha bor. Bunda raqamlarda ifodalangan sananing yozilishi boshdan oxiriga qarab ham, oxiridan boshiga qarab ham bir xil oʻqiladi. Masalan, bugungi sana: 02.02.2020.

Bunday kunlar koʻp-ku, nega 2020-yil, 2-fevral maxsus ekan?

Ha, palindrom kunlar koʻp. Masalan, 2021-yil, 12-fevral ham palindrom kun: 12.02.2021. Lekin bir nozik jihat bor: dunyo davlatlarida sananing yozilishi farq qiladi.

Masalan, Oʻzbekistonda birinchi kun, keyin oy va keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 12.02.2021.

AQSHda esa teskari: birinchi oy, keyin kun va undan keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil, 12-fevral quyidagicha boʻladi: 02.12.2021.

Koʻrib turganingizdek, baʼzi mamlakatlarda palindrom hisoblangan kun boshqa mamlakatda palindrom boʻlmay qolyapti.

2020-yil, 2-fevral esa, yuqoridagi har ikkala usulda yozilganda ham, palindrom kun boʻlib qolaveradi: 02.02.2020. Shu sababli, bugun tarixdagi kam uchraydigan universal palindrom kundir.

Bundan oldingi universal palindrom kun qachon boʻlgan?

Bundan oldingisi, yuqorida aytib oʻtganimizdek, bundan 909 yil oldin – 1111-yil, 11-noyabrda boʻlgan: 11.11.1111.

Bundan keyingi universal palindrom kun qachon boʻladi?

Bugundan keyingi universal palindrom kun yana 101 yildan keyin – 2121-yil, 12-dekabrda (12.12.2121) boʻladi.

Lekin undan keyingi universal palindrom kun 2121-yildan keyin yana 909 yildan oʻtgach – 3030-yilda keladi (03.03.3030).

Kanalga ulanish👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ

February 01, 2020
1 comment
Hakimbek 
Assalom alaykum aka "14-fevral" ham yaqinlashyapti uni hech qanday biror xususiyati yo‘qmi...😂😂😂
Do you want to add a new comment?