MEXT Research Student grantini yutganlar hujjatlari va savol-javoblar haqida
Hozirda Yaponiyada magistratura yoki doktorantura bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi MEXT Research Student grantiga arizalar qabul qilinmoqda (qabul 2021-yil 26-maygacha). Mazkur dastur boʻyicha nomzodlar ingliz yoki yapon tilida tahsil olishi mumkin.
Bugun shu grant boʻyicha bir qancha masalalarga toʻxtalib oʻtamiz.
Qayerdan batafsil maʼlumot olish mumkin?
Bu grant haqida Grantlar.uz saytiga maxsus maqola joylangan. Avvalo shu maqolani va grant yoʻriqnomasini yaxshilab oʻqib chiqing.
Yodda tuting: Grant yoʻriqnomasining yo ingliz, yo yapon tilidagisini oʻqing. Oʻzbek va rus tilidagisi toʻliq emas.
Yoʻriqnomani maqola oxirida topishingiz mumkin.
Maqola va yoʻriqnomani oʻqidim, lekin yana savollarim bor, nima qilsam boʻladi?
Bunday holda birinchi boʻlib savolingizni Oʻzbekistondagi Yaponiya elchixonasiga telefon qilish orqali soʻrang.
Unutmang, savollaringizga eng toʻgʻri va toʻliq javobni elchixona bera oladi. Savollarni soʻrash uchun elchixona telefon raqamlari ham maqola oxirida berilgan.
Shuningdek, savollaringizni ushbu post ostida qoldirishingiz ham mumkin. Faqat savol qoldirishdan oldin maqola va yoʻriqnomani albatta oʻqib chiqing. Biz ham savollarga imkon qadar javob berishga tayyormiz.
Oldingi yillari mazkur granti yutganlarning hujjatlari bormi?
Ha, bor. BU YERDA 2017-yildagi qabulda MEXT dasturini yutgan talabaning Field of Study and Study Program (Research Proposal) hujjatlari bor (ingliz tilida yozgan).
Shuningdek, 2021-yildagi qabulda mazkur grantni yutgan talabaning barcha hujjatlari toʻplami ham bizda mavjud (yapon tilida). Ulardagi shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib, tayyor holga keltirilgandan keyin kanalga joylaymiz (tez orada).
Jamoamiz mazkur grantga bu yili hujjat topshirayotganlarga muvaffaqiyat tilagan holda grant talablari, shartlarini diqqat bilan oʻqib, oʻrganib chiqishni tavsiya qiladi.
Internetdan qaraysiz. Universities in Japan deb izlasangiz, Yaponiyadagi universitetlar chiqib keladi
Bu grant haqidagi maxsus maqolada o'qish uchun qishki semestni (oktyabrda) yoki yozgi semestrni ( aprelda) tanlashiz mumkin deyilgan. agar imtihon javoblari shu bilan yanvarda chiqsa biz eng tezi bilan 2022 yil aprelda ketishimiz mumkinmi shunda?
Yana bitta savolim bor edi, tadqiqotchi talaba 24 oydan ichida magistraturaga o'qishga kirsa bu grant magistrni bitirgunicha berilaveradimi?
Umuman olganda tadqiqotchi talaba sizfatida hujjat topshirish va daraja oladigan talaba sifatida hujjat topshirishni qanday farqlari mavjud?
Oldindan katta rahmat