Assalomu Alaykum!

Orangizda yaqin orada ish qidirib yurganlar yoki ishga suhbatga chaqirilganlar borligi aniq. Bilaman! Hayajonlanishingiz tabiiy hol, ayniqsa o'zingiz yaxshi ko'rgan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan bo'lsangiz. Hozirgacha 30 dan ortiq suhbatlarga borgan inson sifatida sizga kichik bo'lsa ham bundan keyin suhbatda bo'ladigan jarayonlar bo'yicha maslahatlarimni ulashib bormoqchiman.

Bugungi blog postimda "O'zingni 5 yildan keyin qayerda ko'rasan?" degan savolga qanday javob berish mumkinligi haqida aytib beraman.

Juda ham ko'pchilik, "5 yildan keyin o'zimni menejer lavozimida ko'raman", "5 yildan keyin o'zimni sizni o'rningizda ko'raman" kabi javoblar berishadi. Bu javoblar yomon emas lekin javob berayotgan so'zlarni to'g'ri tanlash juda muhim. Ohirgi suhbatimda menga shu savolni kompaniyaning katta menejeri berishganda men: "5 yildan keyin sizga qanday vazifalar berilayotgan bo'lsa menga ham shunday vazifalar berilishini xohlayman" deganman. Bu javobimni eshitib menejer menga "hozirgacha juda ko'p javoblar eshitganman lekin orasida eng zo'ri shu bo'ldi" degan.

Umid qilaman blog postim sizga kichik bo'lsada foyda berdi. Agar yaqinlaringiz shu yaqin kunlarda suhbatga ketayotgan bo'lsa, ular bilan ulashib qo'ying balkim foydasi tegib qolar.

Yana qanday savollarga javob bilishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Kuningiz yaxshi o'tsin!

Hurmat ila,

Shaha Dolimov

July 29, 2021
8 comments
admin
Jul 29, edited
Assalomu alaykum Shaha aka,avvalambor telegram kanalizni yuritishni boshlaganiz bn tabriklayman. You tube sizni sog'indiku, qachon video chiqarasiz akam,sizdan ajoyib videola kutib qolaman!
Fikrimni o'qiganingiz uchun rahmat, hurmat ila Nurullo
Laziz Isaqjonov
Assalomu alaykum Shaha Dolimov meni bir savol qoynidi negadir men savol berishga qiynalaman toʻgʻrirogʻi toʻgʻri savol berishni bilmayman, shu mavzuda oʻzizni fikrlarizzi bildirsaiz juda xursand boʻlardim , tashakkur
Avatar
Ойдин Абдуллаевна
Салом Шаха мени ешим 41 да максадни режалаштиришм кийин буляпди илтимос ердам берин оллох Рози булсин
KOMIL .
Shag'boz dolimov assalom alaykum YouTube nega videolar chiqmayapdi.
Avatar
Мир сошёл с ума
Qachon video chiqadi YouTube da
Do you want to add a new comment?