Raqamli iqtisodiyotga o'tamizmi?..

March 07, 2020
1 comment
Avatar
Otabek Raxmonberganov 
Bizda maktablarda informatika fanini o'qitish uchun HAMMA narsani, informatika fanini o'qitishga doir deyarli HAMMA narsani o'zgartirishimiz kerak. Aniqlik uchun sanayman:

1. Dastur. Butunlay eskirgan, bugungi kun emas, 10-15 yil oldingi zamon talabiga ham javob bermaydi.
2. Darsliklar. Talabga umuman javob bermaydi, ko'p mavzulari qayerdandir Copy+ Paste qilingani yaqqol ko'rinib turibdi, bu ishni yaqin 15 yilda yozilgan kitobdan qilishmaganiga ishonchim komil
3. O'qituvchilar. Ha, ha, aynan o'qituvchilar. O'z fanini o'zi to'liq tushinib o'qitadigan o'qtuvchilarni har tumandan barmoq bilan sanab berish mumkin.
4. Maktablardagi baza. Maktablarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi qoniqarsiz ahvolda.
5. O'qitishga yondashuv. XXI asrda Axborot texnologiyalari fanini o'qitishda yodlashga asoslangan metodikadan foydalanilayotgani hech qaysi aqlga to'g'ri kelmaydi.

Xullas, gapiray desa gap ko'p, faqat eshitadigan quloq topa olmayapmiz
Do you want to add a new comment?